"Unicorns" tanlovi haqida
"Unicorns" Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatidagi 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning innovatsion gʻoya va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash tanlovidir.
Dastlabki bosqichda startap loyihalar ichidan ekspertlar tomonidan maʼqul deb topilgan eng yaxshi 15 ta startapning har biriga 10 000 000 so'm qiymatidagi boshlang'ich investitsiya (umumiy
150 000 000 so'm) mablag‘lari ajratiladi.
Loyihalarni tanlashda startap loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, jamoa, g‘oyaning maqsadlari, hayotiyligi va boshqa shu kabi amaliy jarayonlarga qarab tanlanadi.